Huawei 1
O‘zbekistondagi metan zapravkalarda bir kunda qancha gaz sotilgani aytildi

O‘zbekistonda 11-mart kuni 1 ming 343 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali jami 13 million 378 ming kubometr tabiiy gaz sotilgani maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, kecha, 11-mart kuni mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 18 ta nosozlik bartaraf qilindi. Respublika isteʼmolchilariga 208,2 million kVt/soat, rejadagiga nisbatan 1 foiz ko‘p elektr energiyasi, 143,6 million kubometr, rejadagiga nisbatan 7 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berildi.

Mamlakatdagi 1 ming 343 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali jami 13 million 378 ming kubometr tabiiy gaz sotildi. Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali isteʼmolchilarga 810 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Ta’kidlanishicha, aholi va iqtisodiyot tarmoqlari avtobenzin hamda dizel yonilg‘isi bilan mavjud ehtiyojni to‘liq qoplaydigan darajada taʼminlanmoqda. Xususan, 11-mart kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4 ming 50 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Shuningdek, birja savdolariga avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun 8 ming 470 tonna avtobenzin, 1 ming 296 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 5 ming 574 tonna avtobenzin hamda 1 ming 52 tonna dizel yonilg‘isi sotildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122423 | Инструменты