Huawei 1
O‘zbekistondagi NNTlarga xorijga chiqish haqida Adliyaga xabar berish majburiyati yuklandi

"Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish" haqida adliya vaziri buyruq chiqardi.

Avgust oyidan boshlab O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) o‘z xodimlarining xorijiy safarlari haqida Adliya vazirligini xabardor qilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda adliya vazirining buyrug‘ida keltirilgan.

Qayd etilishicha, xabarnoma jo‘nashdan kamida yetti kun oldin yuborilishi kerak.

Unda safarning asosi va maqsadi, uni moliyalashtirish manbalari, uchrashuv yoki tadbir o‘tkaziladigan manzil ko‘rsatiladi.

Shuningdek, tegishli adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki hisobga qo‘yilgan ikki yoki undan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorlikda tadbir o‘tkazishni rejalashtirganda, mazkur tadbir haqida ulardan birining tegishli adliya organini xabardor qilishi yetarli hisoblanadi, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining xorijiy davlatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilganda, mazkur tadbir haqida ularning har biri tegishli adliya organini xabardor qilishi lozim.

Bildirishnoma shakli bilan ushbu havola orqali tanishing.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82802 | Инструменты