Huawei 1
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish tiklanishi rejalashtirilmoqda

Joriy yil 25-yanvar sanasidan boshlab O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning 14-yanvar sanasidan respublikamiz hududida havo haroratining keskin pasayishi oqibatida issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i ta’minotida vujudga kelgan muammolar, ya’ni yog‘ilg‘i tanqisligi va turli nosozliklar paydo bo‘lgani, shuningdek, respublika iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Ushbu fors-major holati haqida Afg‘oniston energetika tashkiloti ogohlantirilgan.

Hukumatlararo kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan elektr energiyasi import amaliyotining bir qismi Afg‘onistonga (imzolangan shartnomalarga muvofiq) eksport qilinadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, “Tolibon” Afg‘onistondagi elektr energiyasi taqchilligi sababli O‘zbekistonga murojaat qilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122302 | Инструменты