Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti orqali katta miqdordagi noqonuniy tovarlarni olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.
Unda xorijiy yo‘nalish bo‘ylab harakatlangan yuk avtomashinasi “Olot” chegara bojxona postiga kirib kelgan chog‘ida tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Inspeksion ko‘rik majmuasining rentgen tasvirlari va bojxona yuk deklaratsiyasida o‘zaro tafovut yuzaga kelganligi tufayli xolislar ishtirokida mashina bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada esa mashinada hech qanday tegishli hujjatlarda qayd etilmagan, umumiy qiymati 945 million so‘mni tashkil etuvchi “Calgon” nomli kir yuvish vositalari borligi aniqlandi.
Ayni damda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganligi sababli, mazkur tovarlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlov choralari qo‘llanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110607 | Инструменты