Mikrobiologiya bo‘yicha yetuk olima, O‘zbekiston Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri Dilfuza Egamberdiyeva “YUNESKO-Karlos Finley” mukofoti bilan taqdirlandi.
Hamyurtimiz o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, o‘simlikning stressga chidamliligi, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun BMT tuzilmasi YUNESKOning mikrobiologiya bo‘yicha 2023 yilgi mazkur mukofotiga loyiq topildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты