Huawei 1
O‘zbekistonliklar uchun Germaniyaga ishchi viza shartlari yengillashadi

Samarqandda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Germaniya Federativ  Respublikasi Ichki ishlar va Vatan vaziri Nensi Fezerning muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Germaniya Federativ  Respublikasi rasmiysi uchrashuvda migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.

«Migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilmoqda. Bitim doirasida nemis ish beruvchilari uchun o‘zbekistonliklarni soddalashtirilgan tartibda ishga qabul qilishga tayyormiz», – dedi Nensi Fezer xonim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты