O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, elchixonaga kelib tushayotgan ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda bo‘layotgan mojaroli voqealarga ijtimoiy tarmoqlarda noo‘rin munosabatlar bildirilib, unda turli xildagi aksiyalarga chiqishga chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda.
"Shuni eslatib o‘tamizki, bo‘layotgan vaziyatga har qanday fikr bildirish va uni muhokama qilish Isroil huquq-tartibot idoralari va maxsus xizmatlari tomonidan qattiq nazoratga olingan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, barcha yurtdoshlarimizga turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
972 54 485 1397
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты