Huawei 1
O‘zbekistonning milliy stendi Rossiyada “Путешествуй!” turizm forumida namoyish etildi

10-15-iyun kunlari Moskva shahridagi VDNH sanoat maydonida “Путешествуй!” Rossiya sayyohlik forumi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston yana bir bor o‘zining boy madaniy merosi, turizm salohiyati va sayohat uchun yangi yo‘nalishlarni aks ettirgan milliy stendini taqdim etdi.

Bu yil O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, Andijon viloyati Turizm boshqarmasi vakillari kirdi.

Forumda ishtirok etishdan maqsad Rossiya bilan sayyohlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonga yangi sayyohlar oqimini jalb qilishdan iborat. Ayniqsa, o‘zbek xalq raqs ansambli ishtirokidagi boy madaniy dastur forum muhitiga yorqin bo‘yoq qo‘shib, alohida e’tiborni tortdi.

Tadbir doirasida Turizm qo‘mitasi vakillari sanoat turizmi bo‘yicha sessiyada ishtirok etib, O‘zbekistonning ushbu sohadagi imkoniyatlarini taqdim etdilar.

Forum B2B va B2C uchrashuvlari, mamlakatning turistik brendini targ‘ib qilish hamda Rossiya turizm sanoati vakillari bilan hamkorlik o‘rnatish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.

Ma’lumot uchun: “Путешествуй!” Rossiya turizm forumi turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi asosiy tadbirdir. Tadbir formati Forumni davlat va biznes o‘rtasidagi yuqori darajadagi ishbilarmonlik muloqoti platformasi va Rossiyadagi birinchi sayyohlar auditoriyasi uchun sayyohlik festivali sifatida birlashtiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61715 | Инструменты