Huawei 1
Mehnat muhojirlarining jasadlarini Vatanga qaytarish davlat hisobidan bo‘lishi mumkin

17 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar. 

Ushbu qonun loyihasi bilan «Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida»gi qonunga mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini olib kelishni tashkil etish xarajatlariga doir norma kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, mazkur xarajatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtirilishi taklif etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71300 | Инструменты