O‘zbekistonda bundan keyin sirtqi ta’lim o‘rni qanday to‘ldirilishi va ma’lum ish o‘rniga ega abituriyentlar uchun qanday ta’lim shakli taklif etilishi yuzasidan ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, 2025/26-o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatilgan bo‘lsa-da, ishlab yurgan fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlari cheklanmaydi. Kelgusida kunduzgi ta’limga muqobil shakllar, jumladan, masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari bosqichma-bosqich rivojlantirilib, ularga qabul ko‘rsatkichlari kengaytirib boriladi.
Bu esa muayyan ish o‘rniga ega abituriyentlar uchun o‘qish va mehnat faoliyatini bir vaqtda olib borish imkonini beradi. Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilib, talabalarga bevosita ta’lim muassasasiga kelmasdan bilim olish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, kechki ta’lim shaklida o‘qish ish vaqtidan keyingi soatlarda amalga oshirilib, ishlovchi shaxslarga qulay grafikda ta’lim olishni ta’minlaydi.
Hukumat tomonidan bu sohadagi tashkiliy-huquqiy mexanizmlar takomillashtirilishi, o‘quv dasturlarining talabga moslashtirilishi va ta’lim sifatining ta’minlanishi bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61719 | Инструменты