“O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 20-aprelda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21 -aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 20-aprelda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 22-aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 23-aprelda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 24-29 daraja, bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 21-22-aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 23-aprelda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 21-aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 22-aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 24-29 daraja, 23-aprelda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22006 | Инструменты