Huawei 1
O‘zsanoatqurilishbank qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Surxondaryo viloyatida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Prezidentimiz raisligida o‘tgan yil 23-sentyabrda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator yangi tashabbus va vazifalar ilgari surilgan edi.

Tadbir ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilib, unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmanov hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Aziz Rahimov ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan muammolar, jumladan, moliyaviy qiyinchiliklar, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda uchrayotgan to‘siqlar va logistika masalalari muhokama qilindi.

Bank tomonidan ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, korxonalarda energiya samaradorlikni ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalar joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda sohaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42415 | Инструменты