Huawei 1
"Ochiq budjet" portalida "Mahalla budjeti" bo‘limi ishga tushdi

"Ochiq budjet" portalida "Mahalla budjeti" bo‘limi ishga tushirildi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Bo‘lim orqali har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer solig‘ining 10 foizi hisobidan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish mumkin.

Jumladan, har bir mahalla kesimida:

- jamg‘armaga yo‘naltirilgan mablag‘lar;

- amalga oshirilgan xarajatlar miqdori va yo‘nalishlari;

- jamg‘armadagi mavjud qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.

Vazirlik jamg‘armalar har bir mahalla uchun alohida tarzda ochilgani, ularning mablag‘lari fuqarolarning takliflari va "mahalla yettiligi"ning qarori asosida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etish uchun sarflanishini eslatib o‘tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92018 | Инструменты