Huawei 1
Odiljon Tojiyev: Eshak go‘shtini iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan

Bugun Qonunchilik palatasining majlisida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, joriy yilning 5 avgust kuni qonun tashabbuskori tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Qonun loyihasi bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarish qilinadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari – qoramol, qo‘y va echki, cho‘chqa, ot, eshak, tuya, it, mushukni identifikatsiya qilinishi (vizual yoki elektron birkalarni hamda elektron mikrochiplarni hayvonlarga o‘rnatish) nazarda tutilgan.

Mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qo‘mitasida, siyosiy partiyalar fraksiyalarida va yalpi majlisida ko‘rib chiqish jarayonida deputatlar tomonidan eshak, it va mushukning identifikatsiya qilinishi asosligi bo‘yicha eʼtirozlar bildirilgan.

Eʼtirozlar qonun tashabbuskorlari tomonidan qabul qilinib, loyiha birinchi o‘qishda maʼqullangan taqdirda, ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida olib tashlanishi qayd etilgan.

Qonun loyihasida eshak go‘shtini isteʼmol uchun ishlatiladigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan.

Umuman bu qonun “go‘sht isteʼmoli” haqida emas, balki hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish, kuzatish munosabatlarini tartibga soladi.

Matbuot xabarnomasidagi tahririy xato tufayli tushunmovchilik kelib chiqqan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты