Huawei 1
Ohangarondagi poligonda chiqindi gazidan muqobil elektr energiya ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish Respublika markazida soha mas'ullari va Janubiy Koreyaning “SEJIN UZ” MCHJ korxonasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Ohangaron” qattiq maishiy chiqindilar poligonini foydalanishga berish to’g’risida o'zaro muzokaralar olib borildi. 

Xususan, chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi direktori Shaxriyor Nurulloyev hamda “SEJIN UZ” MCHJ XK Bosh direktori Kim Eunmilar tomonidan “Chiqindi poligoni va undagi mavjud infratuzilma obyektlari, bino va inshootlarni foydalanishga berish to‘g‘risida”gi ikki tomonlama shartnoma imzolanib, rasmiylashtirildi.

Shu o'rinda, poligonda hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan quvvati 16 MVt bo‘lgan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi. Kelgusidagi rejalar va harakatlar strategiyasi kelishib olinib, loyihaning mazmun-mohiyati, tomonlarning huquq va majburiyatlari batafsil tushuntirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga