Huawei 1
Olimlar: Hozirgi kunda okean suvlarida taxminan 171 trillion plastik zarralar suzadi

Olimlar okeanlardagi plastik moddalar miqdorini taxmin qilishdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, okean suvlarida taxminan 171 trillion plastik zarralar suzadi, ularning og‘irligi 2,3 million tonnaga yaqin.

Xalqaro ekspertlar guruhi 1979-2019-yillarda to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qildi. Atlantika, Tinch okeani va Hind okeanlari hamda Oʻrta yer dengizidagi 12 ming nuqtadan suv namunalari olindi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki, 2005-yildan beri plastik ifloslanishning tez va misli ko‘rilmagan o‘sishi kuzatilmoqda. Bu tendensiya bugungi kunda ham davom etmoqda. 2040-yilga kelib okeanlardagi plastik moddalar hajmi 2,6 baravar oshishi mumkin.

Olimlarning fikricha, so‘nggi yillarda plastmassalar, jumladan, bir marta ishlatiladigan buyumlar ishlab chiqarish keskin oshdi. Shu bilan birga, umumiy miqdorning atigi 9 foizi qayta ishlanadi.

Plastik chiqindilarning katta qismi okeanlarga tushadi. U yerda chiqindilar parchalanmaydi, balki ko‘plab mayda zarrachalarga – mikroplastmassalarga bo‘linadi. Dengiz hayvonlari uni oziq-ovqat sifatida ishlatadi, bu ularning salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111619 | Инструменты