«Oltin globus» mukofoti taqdimoti kuni ma'lum bo'ldi
Har yili an'anaviy tarzda o'tkaziluvchi «Oltin globus»ning navbatdagi 78-taqdimoti keyngi yilning 28-fevraliga ko'chirildi. Bugungi kunga qadar ushbu taqdimot har yili yanvar oyining o'rtalarida o'tkazilar edi. Biroq pandemiya unga ham ta'sir ko'rsatmay qolmadi.
78-«Oltin globus» taqdimotinining boshlovchilari o'zgarmagan – amerikalik mashhur aktrisalar Tina Fey va Emi Poler har doimgidek shouni boshqarishlari rejalashtirilgan.
Taqdimot Beverli-Xillz shahrida joylashgan Beverly Hilton mehmonxonasidan NBC kanali orqali to'g'ridan to'g'ri efirga uzatiladi.
Ma'lumot o'rnida:
«Oltin globus» amerikancha taqdimot bo'lib, Gollivudning xorijiy matbuot uyushmasi tomonidan 1944-yildan beri kinofilm va televizion kartinlarni taqdirlash uchun o'tkaziladi. Ushbu taqdimot g'oliblari an'anaviy tarzda har yili Gollivudda istiqomat qiluvchi taxminan 90 nafar xalqaro jurnalistlarning ovoz berish natijalariga qarab aniqlanadi. «Oltin globus» kino sanoatida «Oskar»dan keyin ikkinchi o'rindagi mashhur va an'anaviy taqdimot hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51100 | Инструменты