“KfW” banki (Germaniya Federativ Respublikasi) ishtirokidagi “Orolbo'yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-18-son, 22.01.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, “Orolbo'yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi bo'yicha quyidagilar tasdiqlandi:
Sog'liqni saqlash vazirligi Loyihani o'z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, grantlardan maqsadli va samarali foydalanish bo'yicha mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tuzilgan shartnomalar bo'yicha yuk qabul qiluvchi kontragent hisoblanadi.
Adliya vazirligi O'zbekiston va “KfW” banki o'rtasida imzolangan qarz va grant bitimlari bo'yicha yuridik xulosa beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12319 | Инструменты