Huawei 1
"Hozirda xorijga ishlashga ketganlarga “O‘zbekistonda rasmiy daromadi yo‘q”, degan vaj bilan kredit va subsidiya berilmayapti" — prezident

O'zbekistonda aholiga rasmiy ish joyi bo‘lmasa ham, daromadini deklaratsiya asosida hisobga olib, ipoteka krediti olishi uchun imkoniyat yaratilgan. Lekin hozirda xorijga ishlashga ketganlarga “O‘zbekistonda rasmiy daromadi yo‘q”, degan vaj bilan kredit va subsidiya berilmayapti. Bu haqda Prezident raisligida o'tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Mutasaddilarga xorijda mehnat qilayotgan va olti oy ichida muntazam pul o‘tkazib kelayotgan fuqarolarimiz daromadini hisobga oladigan tizim yaratish topshirildi.

Yig‘ilishda foydalanishga topshirilgan uylar bo‘yicha ham eʼtirozlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oxirgi ikki yilda uy-joy qurilishi bo‘yicha 5,5 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlangan. Xususan, 88 ta holatda pudratchilar loyihaga zid ravishda uylarga ortiqcha 1-2 qavat qo‘shib qurgan. Yoki foydalanishga qabul qilingan 74 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish sifati bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlangan.

Shu maʼnoda, pudratchilarning qurilish  madaniyatini tubdan oshirish zarurligi qayd etildi.

Hozir pudratchilar qurilishni boshlash uchun hujjatlarni kamida 5 bosqichda kelishishi kerak. Bunga 2 oygacha vaqt ketayapti. Bu jarayonlar soddalashtirilishi eʼlon qilindi.

Quruvchilar “Shaffof qurilish” platformasi orqali tayyor loyihani idoralar bilan onlayn kelishadi. Ular kamchilik ko‘rsatsa, bartaraf qiladi.

Qurilish loyihaga mos bajarilishini Davlat arxitektura-qurilishi nazorati inspeksiyasi tekshiradi va bitganidan keyin xulosa beradi. Obyektni foydalanishga topshirishda faqat 2 ta idora – DAQN va yong‘in xavfsizligidan xulosa olinadi. Zarur bo‘lsa, boshqa sohadagi mutaxassislarni inspeksiyaning o‘zi jalb qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12321 | Инструменты