Huawei 1
OTMga kirish uchun o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan nazorat qilinadi

Bundan oldin bugundan oliy taʼlim muassasalarida kasbiy, ijodiy imtihonlar boshlangani va O'zbekistonning umumiy 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edik

Unga ko'ra, 1-10- avgust sanasigacha ijodiy imtihonlar bo'lib o'tishi rejalashirilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur ijodiy imtihonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jarayonlarning Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilishi sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda masofaviy monitoring tadbirlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, Agentlik vakillari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida imtihonlar o‘tkazilayotgan bino va maydonlarda o‘rganishlar ham olib boradi.

Shu munosabat bilan, agar imtihon jarayonlarida korrupsiyaviy holatlar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelsangiz Vazirlikning Telegramdagi @EduAntiCorruptionBot yoki ishonch telefoni (1006), shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “1253” Call-markazi orqali xabar berishingiz mumkin, deyiladi agentlik xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41910 | Инструменты