Ozarbayjon firibgarlikda ayblanayotgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlik muvaffaqiyatli davom etmoqda.
O‘zbekiston bosh prokuraturasining Ukraina fuqarosi — 1992-yilda tug‘ilgan Arsen Vasilyevich Kaldarar va O‘zbekiston fuqarosi — 1980-yilda tug‘ilgan Abdurahmon Abduvaliyevich Qayumovni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi so‘rovini Ozarbayjon tomoni qanoatlantirgan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda firibgarlik sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan shaxslar shu yilning fevralida Ozarbayjonda aniqlanib, qo‘lga olingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110104 | Инструменты