Huawei 1
Gruziya prezidenti prokuraturaga borishdan bosh tortdi

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili prokuraturaga borishdan bosh tortdi, u parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilgani haqidagi so‘zlari yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqirilgan edi.

“Men prokuraturaga bormayman”, dedi Zurabishvili matbuot anjumanida.

Zurabishvili soxtalashtirish dalillarini taqdim etish uchun uni prokuraturaga chaqirishni ahamiyatsiz deb atagan, uning so‘zlariga ko‘ra, tergovni prokurorlarning o‘zlari olib borishi kerak.

“Har qanday standart tergovda dalil to‘plash tergov idorasining zimmasidadir, men hech qachon tergov idorasi prezidentdan saylovlar bilan bog‘liq dalillarni taqdim etishni so‘raganini ko‘rmaganman”, deya ta’kidlagan u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har kim o‘z ishini qilishi kerak, prokurorlar esa tergovga eʼtibor qaratishi va “prezident bilan siyosiy hisob-kitoblarni to‘xtatishi” lozim. 

“Sizga ham, menga ham psixologik bosim o‘tkazilmoqda, lekin qo‘rqmasligingiz kerak, hamma narsa xotirjam o‘tadi va haqiqiy natijalar yuzaga chiqadi”, deydi prezident.

Prezident kuzatuvchilar va fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan shikoyatlar saylovchilarga pora berish  elektron ovoz berish jarayonida ko‘p miqdorda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yishda ko‘rsatilgan “keng ko‘lamdagi soxtalashtirish”dan dalolat ekanini qo‘shimcha qilgan.

Zurabishvilining so‘zlariga ko‘ra, MSKga 400 ming saylovchi ovoz bergan 246 ta saylov uchastkasida 1,1 mingdan ortiq shikoyat va ovoz berish natijalarini bekor qilish talabi kelib tushgan.

30-oktyabr kuni prokuratura prezident va muxolifat vakillarining parlament saylovlari soxtalashtirilgani haqidagi bayonotlari yuzasidan tekshiruv boshlaganini ma’lum qilgandi. Zurabishvili tushuntirish berish uchun prokuraturaga chaqirilgan.

26-oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi 53,9 foiz ovoz to‘plagan, biroq muxolifat natijalarga norozilik bildirgan.

Zurabishvili saylovlarni “to‘liq soxtalashtirish” deb atagan va ularni tan olmasligini aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110105 | Инструменты