Huawei 1
O'zbekiston elchixonasi Rossiyadagi yurtdoshlarni batalyon tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalyonlar tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantiradi. Bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi «Yollanish»ga ko'ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi.

Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Elchixona O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida fuqarolarini ogohlantiradi. Shuningdek, elchixona o’zbekistonliklarni da'vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo'lishga chaqirmoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91901 | Инструменты