Huawei 1
O'zbekiston maktablarida ta'lim 12 yillikka uzaytirilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’limdan 12 yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. 

Ushbu holatga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi izoh berdi

Vazirlikning qayd etishicha, bu xabarlar hech qanday asosga ega emas.

O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuniga muvofiq unumiy o'rta ta’lim 11 yilni tashkil qiladi.

"Har qanday rasmiy xabarlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin", - deyiladi vazirlik xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20807 | Инструменты