Huawei 1
O'zbekiston terma jamoasi 61-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda

21-22 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan masofaviy tarzda o'tkazilishi rejalashtirilgan 61-Xalqaro olimpiadasi o'tkazilmoqda.

Mazkur olimpiadada dunyoning 107 mamlakatidan 622 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. O'zbekiston sharafini esa quyidagi 6 nafar o'quvchi himoya qilishadi:

1 . Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani 5-IDUM 10-sinf o'quvchisi;
2. Jahongir Norboyev — Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-maktabning 11-sinf o'quvchisi;
3. Shahboz Hasanov — Buxoro viloyati, Qorako'l tumani Qorako'l akademik litseyi 2-kurs o'quvchisi;
4. Ibrohim Mirg'iyosov — Namangan viloyati, Namangan shahri NamDU akademik litsey 2-kurs o'quvchisi;
5. Muhammadrizo Majidov — Toshkent shahar Prezident maktabi 9-sinf o'quvchisi;
6. Eldor Neymatov — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 1-IDUM 11-sinf o'quvchisi.
Terma jamoamizni olimpiadaga munosib ishtirokini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti binosida shart-sharoitlar yaratildi.
Olimpiada shartiga ko'ra, har bir ishtirokchi 4,5 soat davomida 3 ta topshiriqni yechib, uni asoslab berishi lozim. So'ngra har bir ishtirokchining yakuniy to'plagan ballari asosida Hakamlar hay'ati tomonidan g'oliblar aniqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12305 | Инструменты