"Quacquarelli Symonds" agentligi buni ma'lum qildi
Top 500 universitetlar roʻyxatiga kirishda navbatdagi qadam qoʻyildi.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bugun, 6-aprel kuni “Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonida dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalari eʼlon qilingan. Unga asosan Oʻzbekiston Milliy universiteti “QS by Subject Rankings”da “Matematika” sohasida erishgan natijalariga koʻra dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatori (451-500 oʻrin)dan joy oldi.
OʻzMU olimlarining Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan maqolalari soni, ularga iqtiboslik darajasining yuqoriligi, dunyo matematiklari tomonidan universitet akademik obroʻsi yuqori baholaganligi xalqaro reytingda eʼtirof etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты