Huawei 1
O'zbekiston va Janubiy Koreya temir yo'l sohasida qo'shma loyihalar amalga oshiradi

O'zbekiston transport vaziri o'rinbosari Jasurbek Choriyev Koreya milliy temir yo'l idorasi bosh direktori Li Son Xe boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, tomonlar sohaga oid zamonaviy texnologiyalar va temir yo'l tizimini modernizatsiya qilish uchun innovatsion hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini muhokama qildilar.

Respublikada qurilishi rejalashtirilayotgan yangi yo'nalishlarda tez yurar poyezdlar harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy signalizatsiya, geolokatsiya va harakatni boshqarish tizimi hamda Koreya navigatsiya yechimini joriy etishga alohida e'tibor qaratildi.

Koreya milliy temir yo'l idorasi bosh direktori Li Son Xe "Toshkent – Samarqand" alohida tez yurar yo'nalishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash jarayoni haqida ham ma'lumot berdi.

Tayyorgarlik ishlari "Korea Eximbank" granti ko'magida "Saman Engineering", "Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co., Ltd", "Korea Railroad Corporation" va "Korea National Railway" kompaniyalari konsorsiumi tomonidan birgalikda olib borilishi ma'qullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50903 | Инструменты