O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'mon Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiya direktori, elchi Xumeyd al-Maani bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Suhbat davomida O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya va O'mon Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiya o'rtasida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
O'mon tomoni O'zbekiston tomoni bilan aloqalarni yana-da kengaytirishga va qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, ikki davlat yosh diplomatlari mahoratlarini oshirish maqsadida qo'shma o'quv kurslarini tashkil etish, tajribali diplomatlarning ma'ruza o'qishini uyushtirish, dolzarb mavzularda birgalikda tadqiqotlar o'tkazish kabi yo'nalishlarga e'tibor qaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33106 | Инструменты