O'zbekiston va Shvetsiya oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov va Shvetsiyaning Buros universiteti prorektori Kim Bolton o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuv avvalida chiqindilarni qayta ishlash va to'qimachilik sohasida o'zbek-shved ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining istiqbollariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.

Prorektor Baxtiyor Nasimov Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyati to'g'risida ma'lumot berdi va shvetsiyalik hamkorlar bilan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan loyiha va dasturlarni ilgari surdi.

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti doktorantura bosqichi talabalarining Buros universiteti, jumladan ushbu oliy ta'lim muassasasi huzuridagi to'qimachilik tadqiqotlari markazi va laboratoriyasida amaliyot o'tashini tashkil etish, birgalikda qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22005 | Инструменты