Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko'ra, yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida 92,3 mingta nikoh qayd etilgan
O‘zbekistonda 700 ga yaqin ayollar 50 yoshdan keyin turmush qurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, mamlakatda shu yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarda 20–30 yoshli ayollar soni 49 280 nafarni tashkil etdi, bu eng ko'p yosh o'rtaligi bo'lgan. 20 yoshgacha esa 32 902 nafar qizlar o'z juftlari bilan hayotini boshlagan.
Shuningdek, 7 570 nafar 31–40 yosh yoshdagi ayol-qizlar qonuniy nikohdan o'tgan. Eng qiziqarlisi 41 va undan katta yoshdagi 2 562 nafar ayollar ham nikohini qonunan tasdiqlagan. Shulardan 694 nafari 50 yosh va undan kattalar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100918 | Инструменты