Huawei 2
O'zbekistonda bayram kunlari yakshanbaga to'g'ri kelsa, dam olish kunlarini dushanbaga ko‘chirish taklif etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi davomida shu kabi savollar deputatlar tomonidan o‘rtaga tashlandi. Bu haqda Quyi palata axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chirilishi belgilanyapti. Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining 2021 yil 7 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida xalq vakillari tomonidan berilgan savollar ochiq qolgani va loyihani yanada takomillashtirish zarurligi hisobga olinib, kun tartibidan chiqarilgandi. O‘tgan vaqt davomida ishchi guruh qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida loyihani mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida muhokama qilib, uni puxta holga keltirgan.

Deputatlarning aytishicha, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi amaliyotga qator qulayliklarni yaratadi. Bunda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanati ta’minlanadi, ularning ijtimoiy hamkorlikka jalb qilinishi ortib, tomonlarning mehnat natijadorligiga qiziqishi rag‘batlantiriladi. Yig‘ilishda mazkur qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar berilib, qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng qonun loyihasi ma’qullangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga