Huawei 2
Ikki oyda qancha O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda xorijga chiqqani maʼlum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Statistika agentligi maʼlumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 850 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Safarga chiqqan yurtdoshlarimizning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • 0-18 yosh — 110,4 ming nafar;
  • 19-30 yosh — 148,8 ming nafar;
  • 31-55 yosh — 425 ming nafar;
  • 56 yosh va undan kattalar — 165,8 ming nafar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga