Huawei 2
Toshkentda o‘zi bilan taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi

Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida 23-aprel kuni o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida o‘zi bilan taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 yoshli X.A. boshqaruvidagi Spark avtomashina to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida o‘zini tutishi va gap so‘zidan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirilganda avtomashina salonidan jigarrang, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga