Huawei 1
O'zbekistonda dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng ko'p o'lchami oshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o'lchamini oshirishga qaratilgan o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi Qonunni(O'RQ–876-son, 09.11.2023 y.) imzoladi.

Yer kodeksi hamda “Dehqon xo'jaligi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va ko'shimchaga ko'ra, dehqon xo'jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo'lgan o'lchamda yer uchastkalari beriladi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62210 | Инструменты