Huawei 1
O'zbekistonda fuqarolarga pensiya va nafaqani naqd pul shaklida to‘lash tizimi o‘zgarishi mumkin

“Davlat pensiyalarini to‘lash jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unda belgilanishicha:

- 2023-yil 1-noyabrdan boshlab aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan maxsus planshetlarda fuqarolarning barmoq izi ma’lumotlarini Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali o‘zaro mos kelgani tasdiqlanganidan so‘ng naqd pul shaklida pensiya va nafaqa to‘lash tizimi joriy etiladi;

- respublikaning tog‘li va olis hududlarida internet tezligi yoki boshqa muammolar sababli pensiya oluvchining barmoq izlarini elektron shaklda solishtirish imkoniyati bo‘lmaganda hamda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali boshqa shaxsga to‘lanayotganda naqd pul shaklda pensiya va nafaqalar to‘lov qaydnomalarini imzolash orqali amalga oshiriladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi Markaziy bank bilan hamkorlikda Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi va aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qiladi;

- aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” tomonidan pensiya va nafaqa oluvchilarning barmoq izi elektron ma’lumotlarini solishtirish imkoniyati mavjud maxsus planshetlarni xarid qilishga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51105 | Инструменты