Huawei 1
O'zbekistonda ishlab chiqarilgan parrandachilik mahsulotlari Britaniya bozoriga yetkazib berish masalalari muhokama qilinmoqda

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya parrandachilik kengashi ijrochi direktori Richard Griffits bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda, shuningdek, naslli parranda yetishtirish bo'yicha dunyodagi eng ilg'or kompaniyalardan biri – "Aviagen Group"ning Britaniya ofisi rahbari Bleyk Uilyamson onlayn tarzda ishtirok etdi.

Richard Griffitsning ta'kidlashicha, Kengashga a'zo kompaniyalar Britaniyada parranda go'shti ishlab chiqarishning 2/3 qismini qoplaydi. Ular mazkur yo'nalishdagi butun oziq-ovqat zanjirini qamrab olgan: naslchilik, inkubatsiya, parvarish, so'yish, qayta ishlash va qadoqlash. Sohada 35 mingdan ortiq ish o'rni mavjud. Britaniya kompaniyalari ayniqsa zotdor, nasl olinadigan tovuqlar yetishtirishda va dunyo bo'ylab yetkazib berishda yetakchi hisoblanadi.

Muzokaralar chog'ida Britaniya bozoriga O'zbekistondan parrandachilik mahsulotlarini yetkazish, mamlakatimizga zotdor parrandalar importini yengillashtirish, sertifikatlash tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Sohadagi ilg'or tajriba va "nou-xau"lar bilan yaqindan tanishish maqsadida Britaniyadagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan o'zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82709 | Инструменты