Huawei 1
O'zbekistonda kam ta'minlangan oilalarga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan 5 turdagi mahsulotlarni (qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum hamda oʻsimlik yogʻi) sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

Ayni paytgacha 84 714 nafar iste'molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.

Xususan:

- May oyi uchun 22 159 nafar fuqaroga  1,1 mlrd so‘m;
- Iyun oyi uchun 30 613 nafar fuqaroga 1,3 mlrd so‘m;
- Iyul oyi uchun 31 942 nafar fuqaroga  1,2 mlrd so‘m.

Avgust oyi cheklari uchun keshbek sentabr oyining 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11214 | Инструменты