Huawei 1
O'zbekistonda nodavlat maktablarga borgan o‘quvchilarga kompensatsiya to‘lab beriladi

Prezidentning tegishli qarori loyihasi bilan tasdiqlanishi rejalashtirilayotgan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasiga ko‘ra, 2023-yilning dekabriga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etishda tadbirkorlarga yengillik yaratishga doir hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Unda jumladan, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tomonidan 1-sinfga qabul qilinadigan har bir bolaga Davlat byudjetdan oyiga 450 ming so‘mdan kompensasiya to‘lash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

Shuningdek, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismini qoplab berish amaliyotini kiritish rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51109 | Инструменты