Huawei 1
O'zbekistonda qancha MCHJ faoliyat yuritmoqda?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikada 2025-yilning 1-may holatiga jami 381 890 ta tijorat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Tijorat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha eng koʻp qismi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelib, ularning soni 292 885 tani yoki jamiga nisbatan 76,7 % ni tashkil etdi.

Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha tijorat korxonalarining soni quyidagicha:

  • masʼuliyati cheklangan jamiyatlar – 292 885 ta
  • xususiy korxonalar – 47 963 ta
  • oilaviy korxonalar – 37 105 ta
  • aksiyadorlik jamiyatlari – 644 ta
  • boshqalar – 3 293 ta
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61923 | Инструменты