Huawei 1
O'zbekistonda tadbirkorlarni hududiga qarab cheklash taqiqlanmoqda

Biznes-ombudsman tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritilmoqda.

Unga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarining tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘lari ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larini hududiylik tamoyili bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Biznes-ombudsman qonun loyihasiga tushuntirish xatida PET AGRO OIL qo‘shma korxonasi hamda “Maroqand Gold Oil Ekstraksiya” MCHJ tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi korxonalardan xarid qilingan chigitlarni hududdan olib chiqib ketayotganda to‘xtatib qolingani misol tariqasida keltirib o‘tilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50107 | Инструменты