O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot o'sish sur'atiga hududlarning ta'siri qanday bo'ldi?
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilning I yarim yilligida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 255,3 trln. so'mni tashkil etgan bo'lib, o'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 0,2 % ga o'sdi.
YAIM o'sish sur'atiga hududlarning ta'siri bo'yicha e'tibor qaratsak, joriy davrda:
Andijon (+ 5,0 %)
Navoiy (+ 4,3 %)
Namangan (+ 3,1 %) viloyatlarida nisbatan yuqori ijobiy o'sish sur'atlari qayd etildi.
Samarqand (- 3,9 %)
Sirdaryo (- 3,1 %)
Qashqadaryo (- 2,1 %)
Toshkent shahrida (- 0,5 %) bilan yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ning kamayishi kuzatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты