Huawei 1
O'zbekistondagi 115 ta maktabda 121 ta “Yosh gvardiyachilar” sinflari tashkil etilgan

AOKAda  Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda Davlat dasturidagi maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida maʼlumot berildi:

Yangi o‘quv yilidan boshlab mazkur sinflarda  3 253 nafar o‘quvchilar taʼlim olib kelmoqda.

Respublika bo‘ylab Toshkent shahri, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktabda 263 ta “Harbiy-vatanparvarlik” sinflari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 6 995 nafar  o‘quvchi yoshlar taʼlim olmoqda.  

Jami bugungi kunda 10 mingdan ortiq o‘quvchi yoshlar Yosh gvardiyachilar sinflarida o‘qib  harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiya olmoqdalar. 

Respublika bo‘ylab Toshkent shahri, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktabda 263 ta “Harbiy-vatanparvarlik” sinflari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 6 995 nafar  o‘quvchi yoshlar taʼlim olmoqda.  Jami bugungi kunda 10 mingdan ortiq o‘quvchi yoshlar Yosh gvardiyachilar sinflarida o‘qib  harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiya olmoqdalar. 

Bu yil Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga bir yarim minga yaqin nomzod o‘qishga topshirib qabul kvotasida belgilangan150 ta joy uchun bitta o‘ringa 11 tadan nomzod to‘g‘ri keldi va ulardan o‘rnatilgan tartibdagi tanlov va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan  nomzodlar  o‘qishga qabul qilindi.

Joriy yilning iyun oyida Milliy gvardiya inspektor-psixologlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida 10 kunlik ikki bosqichli o‘quv-uslubiy yig‘ini tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92020 | Инструменты