Huawei 1
O'zbekistondagi 1700 dan ziyod masjidda 27 kunlik xatmi qur'on o'qiladi

Joriy yil Ramazon oyida O'zbekistondagi 2100 dan ortiq masjidda taroveh namozi, shundan 1 700 dan ziyodida 27 kun davomida Qurʼoni karim xatm qilinadi. Buning uchun mazkur masjidlarga 3,5 mingga yaqin xushovoz qorilar jalb etiladi

Taroveh namozining fazilati haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidida (tarovehda) qoim bo‘lsa, avvalgi gunohlari kechiriladi" (Imom Buxoriy).

Demak, ushbu muborak oyni g‘animat bilib, Haq taolo roziligi uchun kunduzlari ro‘zador bo‘lib, oqshomlari taroveh namozlaridagi xatmi Qurʼonlarda bardavom bo‘lsak, gunohlarimiz kechirilib, ulkan ajru savoblarga ega bo‘lamiz. 

Eslatib o‘tamiz, O'zbekiston masjidlarida taroveh namozi shu yil 28-fevral, juma kuni xufton namozidan keyin boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22820 | Инструменты