“Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-78-son, 27.02.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
— xizmatlar hajmini 15 foizga oshirish;
— sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan ta'minlash;
— 52,2 mingta xizmat ko'rsatish obyektlarini tashkil etish.
Prezidentning 2022-yil 27-yanvardagi PQ–104-son qarorida (https://lex.uz/docs/5840284)nazarda tutilgan xizmatlar ko'rsatuvchi tadbirkorlarga 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil
1-yanvargacha uzaytirildi.
2025-yilda quyidagi miqdorida kredit mablag'lari yo'naltiriladi:
— xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion so'm;
— xizmat ko'rsatish obyektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion so'm.
Hududlarda 2025-yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan ta'minlash uchun 1 trillion so'm yo'naltiriladi:
— 72 ta sohil bo'yi dam olish maskanlari;
— 62 ta zamonaviy qiyofadagi istirohat bog'lari;
— 154 ta tunu kun faoliyat yuritadigan turizm va gastronomik yo'nalishlarga ixtisoslashgan savdo va ko'ngilochar ko'chalar;
— 364 ta yo'l bo'yi va boshqa servis obyektlari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30100 | Инструменты