Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi G‘afur G‘ulom, Tamaraxonim, O‘rol Tansiqboyev, Sergey Yesenin va Sergey Borodin uy-muzeylariga bordi.
"Men Toshkentdagi beshta diqqatga molik maskan: G‘afur G‘ulom, Tamaraxonim, O‘rol Tansiqboyev, Sergey Yesenin va Sergey Borodin uy-muzeylariga tashrif buyurdim. Ularning har biri madaniyatimiz va tariximiz zarvaraqlaridagi betakror sahifadir.
Mazkur muzeylar O‘zbekiston madaniy merosining boyligi va xilma-xilligini teranroq anglashga yordam beradi. Ushbu xotirani saqlash mushtarak masʼuliyatimiz va vazifamizdir.
Afsuski, tashrif davomida poytaxtimizdagi barcha uy-muzeylar rekonstruksiyaga muhtoj ekani maʼlum bo‘ldi. Bunday muzeylarga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashda madaniyatga homiylik institutini rivojlantirish juda muhim. O‘z navbatida ishontirib aytamanki, buyuk ijodkorlar xotirasini o‘zida saqlagan barcha madaniyat muassasalari qiyofasini tiklash va holatini yaxshilash bo‘yicha tez orada zarur choralar ko‘riladi", - deya yozgan Saida Mirziyoyeva.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты