Huawei 1
O'zbekistonga Xitoydan 69 dona transformatorlar olib kelindi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyev 2024/2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi

Ayni paytda 62 dona transformatorlar podstansiyalarga o‘rnatilib yuklama berilgan. Qolgan 7 ta kuch transformatorlari o‘rnatish jarayonida.

Hududlarda 6 300 dan ortiq xodimdan iborat 1 376 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigadalari navbatchiligi tashkil etildi hamda ularga 1 360 ta maxsus avto va texnikalar biriktirildi.

Olib borilgan ishlar natijasida, hududlardagi 200 ta podstansiyalarda 255 ta mavjud kuch transformatorlarini quvvat oshirilishi hisobiga ushbu podstansiyalarda yuklama meʼyorlashtiriladi va buning natijasida qo‘shimcha 2 655 MVA quvvat yaratilishiga erishildi.

Shu bilan birga, favqulotda avariya holatlarini tezkor bartaraf etish maqsadida elektr uskuna va materiallar zahirasi ham yaratildi.

Xususun joylarda 789 ta transformator, 506 tonna transformator moyi, 2 800 dona temir-beton tayanch ustunlar, 81 tonna sim, 618 kilometr kabel va boshqa materiallar zahiralar yaratildi.

Bugungi kunda 30 ming kilometrga yaqin tarmoq hamda 10 200 ta transformatorlar mukammal taʼmirlandi. Mavsumda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida ayni paytda mukammal taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini joriy yil 1 oktyabrga qadar to‘liq yakunlab, kelgusi yil 1 martga qadar tunu-kun ish tashkil qilgan holda, elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish borasida barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92515 | Инструменты