Huawei 1
O'zbekistonlik shifokor va hamshiralar Buyuk Britaniya shifoxonalariga ishga jalb qilinishi mumkin

O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyada xorijdan yuqori malakali shifokorlar va hamshiralarni ish bilan ta'minlashga ixtisoslashgan "Triple West Medical" rekruting kompaniyasi direktori Gurol Maxmut bilan uchrashuv o'tkazildi.

Suhbat davomida Britaniya tomoniga O'zbekiston Hukumati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, xorijda ishlayotgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Mehnat muhojirlariga kasb va til o'rgatish maqsadida tashkil etilgan o'quv hamda «Ishga marxamat» monomarkazlar faoliyati ta'kidlandi.

Britaniya tomoni O'zbekiston Hukumatining mamlakat fuqarolarini chet elga tartibli va xavfsiz ishga joylashtirish bo'yicha amalga oshirayotgan tizimli ishlarini yuqori baholadi.

Ta'kidlanganidek, sohadagi islohotlar o'zbekistonlik mehnat migrantlarini xorijda talabgor bo'lishiga hamda tayyor mutaxassis sifatida yuqori oylik maosh olishiga sabab bo'lmoqda.

"O'zbekistondan oliy toifadagi shifokorlarni ishga jalb qilish uchun o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va ular uchun kasbiy til ko'nikmalarini egallashlari uchun o'quvlarni tashkil etishga tayyormiz. Tanlovdan o'tgan shifokorlar Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarda ish bilan ta'minlanadilar", dedi u.

Muzokaralar yakunida "Triple West Medical" rekruting kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga amaliy safarini uyushtirish va tegishli davlat idoralari vakillari bilan muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.

2008-yilda tashkil etilgan "Triple West Medical" kompaniyasi Britaniya va Irlandiyadagi davlat shifoxonalari bilan malakali xorijiy shifokorlarni ishga joylashtirish bo'yicha hamkorlik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты