Andijon viloyatida 38,3 mlrd soʻm mablagʻlar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro YO.Q. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 5 ta MCHJga boshqa MCHJlar tomonidan 2,2 trln soʻmlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida sohta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirib, goʻyoki savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida xarid cheklarini chiqarib, 94 921 nafar fuqaro va ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxslarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida toʻlab berib, 38,3 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70719 | Инструменты