Huawei 1
O'zbekistonning 2 hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.O. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 102 dona “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.X.ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.R. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Mustaqillik” MFY hududida jami 75 dona “Tropikamid” va “Pfizer” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты