Huawei 1
O'zbekistonning 2 ta hududida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.Q.” MCHJ rahbari I.R. “J.O.” MFYda yashovchi aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetkazib beruvchi binoni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 209,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.E.” fermer xo‘jaligi rahbari M.F. fermer xo‘jaligi dala maydoniga o‘rnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 193,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70512 | Инструменты